Sergey Lavrov Eron tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Lavrov va Abdullahiyan suhbat chog'ida Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilgan.

1791626
Sergey Lavrov Eron tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

 

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun, 8-mart kuni Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Lavrov va Abdullahiyan suhbat chog'ida Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilgan.

Shuningdek, Avstriya poytaxti Venada davom etayotgan muzokaralar doirasida Eron yadroviy kelishuvi muhokama qilingan va ushbu kelishuvning qayta tiklanishi barcha tomonlarning barcha sohalarda kamsitishlarsiz hamkorlikni rivojlantirish uchun teng huquqlarga ega bo'lishini ta'minlashi kerakligi qayd etilgan.

Muloqotda xalqaro va mintaqaviy masalalar, jumladan Suriya inqirozi yuzasidan ham fikr almashilgan.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Sergey Lavrov , #Rossiya

Aloqador xabarlar