Rossiya va Ukraina muzokaralarining uchinchi raundi bo'lib o'tdi

Rossiya delegatsiyasiga Vladimir Putinning maslahatchisi Vladimir Medinskiy, Ukraina delegatsiyasiga esa Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Mixail Podolyak boshchilik qildi.

1791598
Rossiya va Ukraina muzokaralarining uchinchi raundi bo'lib o'tdi

 

Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralarning uchinchi raundi kecha, 7-mart kuni Belarus bilan chegaradosh Brest shahrida boʻlib oʻtdi. Uchrashuv deyarli uch soat davom etgan.

Rossiya delegatsiyasiga Vladimir Putinning maslahatchisi Vladimir Medinskiy, Ukraina delegatsiyasiga esa Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Mixail Podolyak boshchilik qildi.

Ukraina delegatsiyasi muammoning yechimi, jumladan, otashkesim boʻyicha intensiv maslahatlashuvlar oʻtkazganliklarini, gumanitar yordam koridorlarida ijobiy oʻzgarishlar borligini maʼlum qildi.

Rossiya delegatsiyasi esa, muzokaralarning davom etishini ma'lum qilib, gumanitar yordam koridorlari 8-mart kuni ishlay boshlashidan umidvorligini bildirdi.

Rossiya Ukrainaga qarshi urushni to'xtatish uchun ba'zi shartlarni ilgari surmoqda.

Rossiya Ukrainadan konstitutsiyani oʻzgartirishni, har qanday ittifoqqa qoʻshilish maqsadini rad etishini, noqonuniy qoʻshib olingan Qrimni Rossiya hududi deb tan olishini va ayirmachilar deb atalmish rejimlarni tan olishini talab qilgan. Agar bu shartlar qabul qilinsa, Ukrainaga qarshi urush darhol to'xtatilishini taʼkidlamoqda. 

Ruslarning ultimatumlariga qarshi ekanini bildirgan Kiyev maʼmuriyati Ukraina hududidagi toʻqnashuvlarning zudlik bilan toʻxtatilishini, rus askarlarining Ukraina hududlarini, jumladan Qrim va Donbasni butunlay tark etishini talab qilmoqda.

“Muzokaralarning uchinchi raundi yakunlandi. Gumanitar koridorlarning logistikasini yaxshilashda ijobiy siljish bor. O‘t ochishni to‘xtatish va xavfsizlik kafolatlari bilan birga kelishuvning asosiy siyosiy bloki bo‘yicha intensiv maslahatlashuvlar davom etdi”,- dedi Ukraina delegatsiyasi a'zosi, Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Mixail Podolyak.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar