Covid-19 yuzasidan hayotdan ko‘z yumganlar soni 6 milliondan oshdi

Yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi yuzasidan hayotdan ko‘z yumganlar soni 6 milliondan oshdi.

1790940
Covid-19 yuzasidan hayotdan ko‘z yumganlar soni 6 milliondan oshdi

Dunyo bo‘ylab yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi tufayli hayotdan ko‘z yumganlar soni 6 million 20 ming 582 nafarga yetdi.

Covid-19 maʻlumotlari toʻplangan “Worldometers” veb-saytiga koʻra, eng koʻp qurbonlar 984 ming 20 nafar bilan Amerika Qoʻshma Shtatlarida (AQSh) qayd etilgan.

Undan soʻng:

Braziliyada 652 ming 207 nafar, Hindistonda 515 ming 133 nafar, Rossiyada 356 ming 281 nafar, Meksikada 319 ming 859 nafar, Peruda 211 ming 108 nafar, Angliyada 162 ming 8 nafar, Italiyada 155 ming 887 nafar, Indoneziyada 150 ming 172 nafar, Fransiyada 139 ming 275 nafar, Kolumbiyada 139 ming 91 nafar, Eronda 137 ming 948 nafar kishi Covid-19 yuzasidan vafot etgan.

Dunyo miqyosida ushbu virus tufayli vafot etganlarning jami soni 6 million 20 ming 582 nafarga yetdi.

Birinchi marotaba 2019-yilning dekabr oyida Xitoyda paydo bo‘lgan Covid-19, bugungacha dunyoning 200 dan ortiq mamlakatiga tarqadi.

Dunyo boʻylab 446 million 721 ming 728 kishi ushbu virusga chalindi, ulardan 379 million 869 ming 871 nafari dardiga darmon topdi.

Hozirda 60 million 831 ming 275 bemorni davolash ishlari davom etmoqda.

 



Aloqador xabarlar