AQShda Rossiya hujumlarini qoralash maqsadida namoyish o'tkazildi

Amerika Qo'shma Shtatlarida (AQSh) Oq uy oldida to'plangan yuzlab odamlar Rossiyaning hujumlarini qoralab, Ukrainani qo'llab-quvvatlash namoyishi uyushtirdi.

1790888

AQSh poytaxti Vashingtondagi Oq uy oldida yuzlab odamlar, asosan ukrainaliklar yig’ilib, Ukraina xalqi va Prezident Vladimir Zelenskiyni qo’llab-quvvatladi.

"Urushni to'xtating", "Biz Ukraina bilan birdammiz" va "Endi tinchlik vaqti" deb yozilgan bannerlar bilan shiorlar ko'targan namoyishchilar Rossiyaga reaksiya ko’rsatdi.

Ayniqsa, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga nisbatan qattiq shiorlar aytgan namoyishchilar, Ukraina xalqi bilan to'liq birdam ekanliklarini bildirdilar.

Voqeasiz o‘tgan namoyishda turli millat vakillari bilan bir qatorda ukrainaliklar ham namoyishda qatnashib, Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlaganliklarini ko‘rsatdilar.

Rossiyaning Ukrainaga uyushtirgan hujumlariga Italiyaning poytaxti Rim va Serbiyaning Novi Sad shaharlarida Ukrainani qo'llab-quvvatlash uchun namoyishlar uyushtirildi.

Rossiya qo‘shinlari 24 fevral kuni Ukrainaga hujum boshladi.

Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Namoyish , #Rossiya , #Oq Uy , #AQSh

Aloqador xabarlar