Ukraina rus kuchlari uchragan yo‘qotishlariga e’tibor qaratdi

Ukraina Bosh shtab boshqarmasi, rus kuchlarining oxirgi 9 kunda uchragan yo‘qotishlariga e’tibor qaratildi.

1789857
Ukraina rus kuchlari uchragan yo‘qotishlariga e’tibor qaratdi

Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumlarini davom ettirgan rus kuchlarining, 9 ming 166 nafar askaridan ajragani bildirildi.

Ukraina Bosh shtab boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, rus kuchlarining oxirgi 9 kunda uchragan yo‘qotishlariga e’tibor qaratildi.

Bayonotda, Ukrainaga qarshi hujum uyushtirgan rus armiyasining 9 ming 166 nafar askari halok bo‘lgani, Ukraina armiyasining Rossiyaga oid 33 ta uchoq, 37 ta vertolyot, 251 ta tank, 939 ta zirhli vositasi, 105 ta artilleriya quroli va 2 ta yengil tezyurar qayig‘ini yo‘q qilgani bildirildi.

Rus kuchlarining shuningdek, 50 ta raketa otish tizimi, 404 ta transport, 60 ta yoqilgi vositasi, 18 ta havo mudofaa tizimi va 3 ta Insonsiz havo transporti yo‘qotgani ifoda etilgan bayonotda, bu raqamlarga davom etayotgan to‘qnashuvlarga oid ma’lumotlar kiritilmagani ilova etildi.

Eslatib o‘tamiz, rus kuchlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum boshlatgandi.



Aloqador xabarlar