Rossiya armiyasining Chernigovga uyushtirgan hujmi oqibatida 33 kishi halok bo‘ldi

Rus armiyasi Chernigovdagi tinch aholi tuzilmalariga qarshi havo hujmi uyushtirdi.

1789436
Rossiya armiyasining Chernigovga uyushtirgan hujmi oqibatida 33 kishi halok bo‘ldi

Rossiya armiyasining Ukraina poytaxti Kiyevning shimoli-sharqida joylashgan Chernigov shahriga uyushtirgan havo hujmi oqibatida tinch aholidan 33 kishi halok bo‘ldi.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati tomonidan berilgan bayonotda, Rus armiyasining Chernigovdagi tinch aholi tuzilmalariga qarshi havo hujmi uyushtirgani ma’lum qilindi.

Bayonotda ba’zi binolarning vayron bo‘lgani, ular ostidan 33 kishining jasadi topilgani bildirildi.

Tinch aholidan 18 kishining tan jarohati olgani yetkazilgan bayonotda, hujumlar avj olgani bois qidiruv-qutqaruv faoliyatlarining vaqtinchalik to‘xtatilgani qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya armiyasi kecha ertalab Chernigov shahridagi yoqilg‘i bazasiga zarba bergandi.



Aloqador xabarlar