Rossiya-Ukraina muzokaralarining ikkinchi raundi Belarusning Brest shahrida bo‘lib o‘tadi

28-fevral kuni Belarusning Gomel viloyatida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.

1788758
Rossiya-Ukraina muzokaralarining ikkinchi raundi Belarusning Brest shahrida bo‘lib o‘tadi

 

Rossiya-Ukraina muzokaralarning ikkinchi raundi bugun, 3-mart kuni ertalab Belarus chegarasidagi Brest shahrida o‘tkazilishi ma'lum qilindi.

Ukraina poytaxti Kiyevda Rossiya zarbalari davom etar ekan, Rossiya muzokara jarayoni bilan bog'liq bayonot berdi.

Bayonotga ko‘ra, 3-mart kuni ertalab Ukraina delegatsiyasi bilan muzokaralarning ikkinchi raundi bo‘lib o‘tadi.

Muzokara jarayoni Belarusning Brest shahrida davom etadi.

Eslatish joizki, 28-fevral kuni Belarusning Gomel viloyatida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tgan edi. Unda tomonlar kun tartibidagi barcha masalalarni batafsil ko‘rib chiqishdi va Belarus-Polsha chegarasidagi muzokara jarayonini davom ettirishga kelishib olgan edilar.

Ma'lumotga ko'ra, muzokaralar olti soat atrofida davom etgan. Muzokara maqsadi Ukrainada o‘t ochish va harbay harakatlarni to‘xtatish bo‘lgan.

O'shanda delegatsiyalar yaqin kunlarda muzokaralarning ikkinchi bosqichini o‘tkazishga kelishib olgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Belarus

Aloqador xabarlar