BMT: Ukrainani bir millionga yaqin aholi tark etdi

Kecha shaharda sirenalar jaranglagandan keyin dahshatli portlash ovozi eshitildi. Insonlar metro bekatlari va yerosti avtoturargohlarda yashirinib jon saqlamoqda.

1788977
BMT: Ukrainani bir millionga yaqin aholi tark etdi

 

Rossiyaning Ukrainaga urush boshlaganiga mana 7 kun bo’ldi. Rossiya qo’shinlari Ukraina poytaxti Kiyevga zarbalar berishda davom etmoqda.

Shaharning ko‘plab joylarida barrikadalar o‘rnatilib, rus askarlari va tanklarining kirishiga qarshi choralar ko‘rilmoqda. Ko‘chalarda chuqurlar qazilar ekan, ayrim ko‘priklarning vayron bo’lganini kuzatish mumkin.

Ma'lumki, Rossiya harbiy kalonnalari bir necha kundan beri poytaxt Kiyev tomon yaqinlashib kelmoqda.

Kecha shaharda sirenalar jaranglagandan keyin dahshatli portlash ovozi eshitildi.

Ukraina ichki ishlar vaziri Anton Gerashchenko Rossiya Kiyevdagi markaziy isitish tizimlariga zarba berganini ma'lum qildi.

Shahardan minglab odamlar evakuatsiya qilinar ekan, Kievning ba'zi hududlarini isitish imkoni bo'lmagani ta'kidlandi.

Rossiya qoʻshinlarining poytaxtga yaqinlashayotganini eshitgan shahar aholisi kunduzi uylarini tark etib, oʻzlari xavfsiz deb bilgan joylardan panoh topishdi.

Insonlar metro bekatlari va yerosti avtoturargohlarda yashirinib jon saqlamoqda. Aholining bir qismi qo‘shni davlatlarga qochmoqda.

Kecha Rossiya qo’shinlarining raketa zarbalari shahar ramzi bo’lgan teleminoraga zarar yetkazdi.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, urushning yettinchi kunida Ukrainani bir millionga yaqin aholi tark etgan.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar