Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining olti soatlik muzokaralari yakunlandi

Delegatsiyalar o‘z mamlakatlari rahbarlari bilan maslahatlashib, yaqin kunlarda muzokaralarni davom ettiradi. Keyingi uchrashuv Polsha-Belarus chegarasida bo‘lib o‘tadi.

1787268
Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining olti soatlik muzokaralari yakunlandi

 

Kecha, 28-fevral kuni Moskva va Kiyev delegatsiyalari Belarusdagi muzokaralarning birinchi bosqichini yakunladi.

Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qildi. 

Ma'lumotga ko'ra, muzokaralar olti soat atrofida davom etgan. Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, muzokara maqsadi Ukrainada o‘t ochish va harbay harakatlarni to‘xtatish bo‘lgan.

“Tomonlar ustuvor mavzularni belgilab oldi, muayyan yechimlar belgilandi. Ularni amalga oshirish uchun tomonlar o‘z poytaxtlarida maslahatlashish uchun jo‘nab ketishadi”, degan Podolyak. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, delegatsiyalar yaqin kelajakda muzokaralarning ikkinchi bosqichini o‘tkazish imkoniyatlarini ham muhokama qilgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya delegatsiyasi bilan Belarus chegarasida hech qanday shartlarsiz uchrashuv o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Xalq xizmatkori partiyasi prezidenti Arakhamiya, Rossiyaning takliflarini tinglash maqsadida uchrashishga kelishib olinganligini bildirdi.

Delegatsiyalar o‘z mamlakatlari rahbarlari bilan maslahatlashib, yaqin kunlarda muzokaralarni davom ettiradi. Keyingi uchrashuv Polsha-Belarus chegarasida bo‘lib o‘tadi.

Rossiya tomoni Ukraina delegatsiyasining Belarusga xavfsiz o‘tishi uchun kafolat bergandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar