Rossiya 36 mamlakat bilan parvozlarni taqiqladi

Ushbu 36 mamlakatdan parvozlar Federal havo transporti agentligi yoki Rossiya tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.

1787278
Rossiya 36 mamlakat bilan parvozlarni taqiqladi

 

Rossiya Federatsiyasi dunyoning 36 mamlakati aviakompaniyalariga parvozlarni taqiqladi.

Bu haqda Rossiya Federal havo transporti agentligi (Rosaviatsiya) xabar bermoqda. 

“Xalqaro huquq normalariga muvofiq, Yevropa davlatlarining Rossiya aviatashuvchilari tomonidan boshqariladigan yoki Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolik samolyotlarining parvozlarini taqiqlashiga javob sifatida, 36 ta davlat aviatashuvchilarining parvozlarini amalga oshirishga cheklov joriy etildi”, deyiladi xabarda. 

Bular quyidagi davlatlardir: Avstriya, Albaniya, Angilya, Belgiya, Bolgariya, Britaniya Virjiniya orollari, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gibraltar, Gretsiya, Daniya (shu jumladan Grenlandiya, Farer orollari va hududiy dengiz), Jersi, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Kipr, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malta, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chexiya, Shvetsiya, Estoniya.

“Ushbu mamlakatlardan parvozlar Federal havo transporti agentligi yoki Rossiya tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma asosida amalga oshirilishi mumkin”, - deya qayd etdi agentlik. 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya

Aloqador xabarlar