Dmitriy Kuleba: “Bu hozirdan Ukraina uchun bir g‘alabadir”.

Dmitriy Kuleba, chet ellik ommaviy axborot vositasi vakillariga Rossiya tomonidan 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi uyushtirilgan va haligacha davom etayotgan hujmi haqida ma’lumot berdi.

1786770
Dmitriy Kuleba: “Bu hozirdan Ukraina uchun bir g‘alabadir”.

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba, Rossiya armiyasining ketma-ket mag‘lubiyatga uchragani va ortidan hech qanday shartsiz muzokara o‘tkazishlari mumkinligi haqida xabar yuborganliklarini ma’lum qilgan holda:

“Bu hozirdan Ukraina uchun bir g‘alabadir”.-dedi.

Dmitriy Kuleba, chet ellik ommaviy axborot vositasi vakillariga Rossiya tomonidan 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi uyushtirilgan va haligacha davom etayotgan hujum haqida ma’lumot berdi.  

Unda, hujum boshlaganida muzokara o‘tkazish masalasiga qiziqmagan Rossiyaning katta yo‘qotishlarga duchor bo‘la boshlagach, bundan tarafdor bo‘la boshlaganiga e’tibor qaratgan Kuleba,

“Rossiya armiyasi ketma-ket mag‘lubiyatga uchragach, bizga hech qanday shartsiz muzokara o‘tkazishlari mumkinligini ma‘lum qilishdi. Bu hozirdan Ukraina uchun bir g‘alabadir”.-deya gapirdi.

Ukraina Davlat rahbari Vladimir Zelenskiy, Rossiya delegatsiyasi bilan Belarus chegarasida, hech qanday shartsiz uchrashuv o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, rus askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum boshlatdi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Dmitriy Kuleba , #rus armiyasi

Aloqador xabarlar