Ukraina Rossiyaning qanday yo‘qotishlarga duchor bo‘lganiga e’tibor qaratdi

Ukraina urush boshidan beri Rossiyaning qanday yo‘qotishlarga duchor bo‘lganiga e’tibor qaratdi.

1785683
Ukraina Rossiyaning qanday yo‘qotishlarga duchor bo‘lganiga e’tibor qaratdi

Ukraina Rossiya kuchlariga oid 516 ta zirhli vosita, 7 ta vertolyot, 10 ta uchoq, 2800 dan ortiq askar va 80 ga yaqin tank bilan 20 ta qanotli raketani yo‘q qilganini bildirdi.

Bosh shtab tomonidan Facebook hisobi orqali mavzu haqida berilgan bayonotda, Rossiya kuchlarining uzoq masofali qurollar yordamida Ukrainaga qarshi hujum harakatini davom ettirganiga e’tibor qaratildi.

Rus askarlarining qurbonlar berib, jihozlarini yo‘qotishda davom etgani ma’lum qilingan bayonotda, hujum boshidan buyon Rossiyaning 516 ta zirhli vosita, 7 ta vertolyot, 10 ta uchoq, 2800 dan ortiq askar va 80 ga yaqin tank bilan 20 ta qanotli raketasining yo‘q qilingani qayd etildi.

Bundan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Odessaning Pivdenniy portidan 12 mil uzoqlikda Moldaviya bayrog‘i ostidagi yoqilg‘i quyish kemasining bir rus kemasi tomonidan o‘qqa tutilgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz kecha Rossiya Ukrainaga harbiy amaliyot boshlatgandi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #urush

Aloqador xabarlar