Putin Ukraina armiyasini mamlakat hukumatini bosib olishga chaqirdi
Vladimir Putin Ukraina Qurolli kuchlarining harbiy xizmatchilariga murojaat qildi.
Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Ukraina Qurolli kuchlarining harbiy xizmatchilariga murojaat qilib:
“Ayollaringizni, keksalaringizni tirik qalqon qilishlariga yo‘l qo‘ymang”.-dedi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida so‘zlagan Putin, Ukraina armiyasini mamlakatlarining hukumatini bosib olishga chaqirdi.
“Ukraina Qurolli kuchlarining harbiy xizmatchilariga yana bir bor murojaat qilaman”,-degan Rossiya lideri:
“Neonatsistlar va ukrainalik radikal millatchilarning farzandlaringiz, turmush oʻrtoqlaringiz va keksalaringizni tirik qalqon sifatida foydalanishlariga yoʻl qoʻymang. Kuchni o‘z qo‘lingizga oling. Bu orqali, kelishib olishimiz yana-da qulayroq bo‘ladi”.-deya gapirdi.
Putin, Ukrainadagi rus askarlarining “jasur, professional va qahramonona” harakat qilganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.
Eslatib o‘tamiz kecha Rossiya Ukrainaga harbiy amaliyot boshlatgandi.