Dmitriy Peskov:"Putin Zelenskiy bilan muzokara olib borishga tayyor"

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina rahbariyati bilan uning neytral maqomi borasida muzokaralar olib borishga tayyor. Bu haqda uning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

1784646
Dmitriy Peskov:"Putin Zelenskiy bilan muzokara olib borishga tayyor"

 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina rahbariyati bilan uning neytral maqomi borasida muzokaralar olib borishga tayyor. Bu haqda uning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Putin Ukraina rahbariyati bilan ma’lum shartlar bilan muzokaralar olib borishga tayyor. Qurolli hujumlarni to‘xtatish bo‘yicha Kiyev ham xuddi shunday javob qaytargan taqdirda masalani ham ko‘rib chiqishga shay”, deydi Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Moskvaning xavfsizlik bilan bog‘liq muammolari yuzasidan muloqotga tayyor bo‘lsagina muzokaralar olib borish mumkin bo‘ladi.

“Hech kim Ukrainani bosib olish niyatiga emas. Operatsiyadan maqsad – Ukrainani demilitarizatsiya qilish. Eng yaxshi holatda esa Ukrainani ozod qilib, millatchilardan tozalash. Ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, rossiyaliklar operatsiyani Lugansk va Donetskni tan olishni qo‘llagani kabi qo‘llab-quvvatlaydi. Operatsiya muddati voqealar rivojiga bog‘liq. Qarorni Prezident qabul qiladi. Ukraina taqdirini esa ukrain xalqi hal qiladi”, -deb bayonot bergan Peskov.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar uzilganini ma’lum qilgan edi.

Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari maxsus harbiy operatsiya boshlaganini e’lon qilgandi.

Ukraina esa Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirilganini ma’lum qildi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirgani ma’lum qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Zelenskiy , #Putin , #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar