Rossiyaning raketa zarbalari oqibatida Ukrainaning 40dan ortiq askari halok bo‘ldi

Bu haqda Ukraina prezidenti maslahatchisi Oleksiy Arestovich matbuotga bergan brifingda ma’lum qildi.

1784515
Rossiyaning raketa zarbalari oqibatida Ukrainaning 40dan ortiq askari halok bo‘ldi

 

Ukraina Rossiyaning raketa zarbalari oqibatida 40 dan ortiq harbiy xizmatchi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Rossiya tomonidan harbiy va muhim infratuzilma ob’yektlariga yo‘llangan raketa zarbalari oqibatida Ukraina Qurolli kuchlarining 40 dan ortiq harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi.

Bu haqda Ukraina prezidenti maslahatchisi Oleksiy Arestovich matbuotga bergan brifingda ma’lum qildi.

Ukraina rasmiylarida 8 nafar tinch aholining o‘limi va 9 kishining yaralangani haqida ma’lumotlar bor.

Arestovichning so‘zlariga ko‘ra, Donbassda eng og‘ir janglar davom etmoqda. U vaziyat xavfli joylar sifatida Qrim, Chernigov va Xarkovni qayd etdi.

Ushbu hududlarda Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududi bo‘ylab 10 kilometrdan ham ichkariroqqa siljimagan.

Avvalroq, Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina havo bazalari yo‘q qilingani va Ukraina qurolli kuchlari havo hujumidan mudofaa “bostirilgani” haqida xabar bergan edi. Vazirlik Ukraina shaharlariga zarba berilganini rad etdi, shuningdek, Ukraina Xavfsizlik xizmati Rossiyani “tasviriy va nomutanosib zarbalar”da ayblash uchun “axborot provokatsiyalari” tayyorlanayotganini aytdi.

Boshqa tomondan, Ukraina Mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov qurol tuta oladigan har bir fuqaroni vatanini himoya qilishga chaqirdi.

Reznikov ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida, o'z mamlakatining to'liq mudofaaga shay holatga kirganini bildirdi.

Reznikov qurol olishga tayyor bo’lgan va qo'lida qurol bo'lgan barchani mintaqaviy mudofaa markazlariga chaqirar ekan, qurol olish uchun pasport yetarli bo'lishini aytdi.

Bundan tashqari, Ukraina qurolli kuchlari, Lugansk viloyatida Rossiyaga tegishli 5 ta harbiy samolyot va bir vertolyot urib tushirilganini ma'lum qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning Rossiya samolyotini urib tushirgani haqidagi iddaolarni rad etdi.

Vazirlik Ukrainadagi havo mudofaa tizimlari, harbiy aeroportlar va havo kuchlari “yuqori darajali qurollar” bilan yo'q qilinganligini ma’lum qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Ukraina sharqidagi Donbasda maxsus harbiy amaliyotlar mamlakatdagi tinch aholiga tahdid solmagani iddao qilindi.

“Ukrainadagi harbiy infratuzilmalar, havo mudofaa tizimlari, harbiy aeroportlar va havo kuchlari yuqori aniqlikdagi qurollar bilan zararsizlantirildi”,-deyiladi bayonotda.

Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqidagi Donbas viloyatida maxsus harbiy operatsiya boshlatilganligini ma’lum qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar