Lugansk va Donetsk yetakchilari Putindan maktub orqali yordam soʻradi

Maktubda yetakchilar Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) xalqlari nomidan tan olgani uchun Rossiya prezidentiga yana bir bor minnatdorlik bildirgan. Shuningdek, ular Putindan harbiy yordam soʻragan.

1784171
Lugansk va Donetsk yetakchilari Putindan maktub orqali yordam soʻradi

 

Mustaqillik e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari rahbarlari Leonid Pasechnik va Denis Pushilin Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukraina tomonidan "hujum"ni qaytarishda yordam berishni so‘rab maktub yo'lladi. 

Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Dmitriy Peskov tomonidan taqdim etilgan maktublarda 22 fevral sanasi ko‘rsatilgan. Ularda aytilishicha, "Ukrainadan harbiy tajovuz kuchaymoqda" va "Kiyev og‘riqli aloqa chizig‘ida o‘z harbiy ishtirokini oshirishda davom etmoqda", go‘yoki DXR va LXR infratuzilmasini vayron qilmoqda hamda tinch aholini o‘ldirmoqda.

Dmitriy Peskov ma'lum qilishicha,  maktubda ushbu respublikalar rahbarlari Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) xalqlari nomidan tan olgani uchun Rossiya Prezidentiga yana bir bor minnatdorlik bildirgan. 

Respublikalar rahbarlari Rossiya bilan do‘stlik va o‘zaro yordam shartnomalarini tilga olib, Putindan yordam so‘ragan. Putin bunga qanday munosabat bildirgani noma’lum, Peskov ushbu masalaga aniqlik kiritmadi.

Eslatma: 21 fevral kuni Vladimir Putin o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari mustaqilligini tan oldi. 22 fevralda davlat dumasi va federatsiya kengashi respublikalar bilan do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalarni bir ovozdan tasdiqladi.

O‘sha kuni federatsiya kengashi Rossiya qo‘shinlariga u yerga kirishga ruxsat berdi. Bu qaror tinchlikparvar missiya sifatida taqdim etildi. Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish buni tinchlikparvar missiya deb hisoblamasligini ma’lum qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Donetsk , #Lugansk

Aloqador xabarlar