Ukraina Rossiyadagi fuqarolarini zudlik bilan mamlakatni tark etishga chaqirdi

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi fuqarolarini imkon qadar tezroq mamlakatni tark etishga chaqirdi.

1783650
Ukraina Rossiyadagi fuqarolarini zudlik bilan mamlakatni tark etishga chaqirdi

 

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi fuqarolarini imkon qadar tezroq mamlakatni tark etishga chaqirdi.

Vazirlikdan berilgan yozma bayonotda, "Rossiyaning Ukrainaga nisbatan tajovuzkorligi kuchayishi" sababli Rossiyada konsullik xizmatlariga cheklovlar bo'lishi mumkinligi ta'kidlandi.

Bayonotda Ukraina fuqarolariga Rossiyaga va u yerda boʻlganlarga imkon qadar tezroq bu mamlakatni tark etish tavsiya qilingan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning  so’zda Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishga ruxsat beruvchi ikkita farmonni imzoladi.

Rossiya parlamentining yuqori palatasi Federatsiya Kengashi Putinning Rossiya armiyasining Rossiya hududidan tashqarida harakat qilish haqidagi arizasini ma'qulladi.


Tanlangan kalimalar: #Tark etish , #Fuqora , #Rossiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar