Rossiya hujumlarini davom ettirgudek bo‘lsa AQSh sanksiyalarini kuchaytirmoqchi

Jo Bayden Oq uyda uyushtirgan matbuot anjumanida Rossiyadagi oxirgi vaziyatlar haqida gapirdi.

1783285
Rossiya hujumlarini davom ettirgudek bo‘lsa AQSh sanksiyalarini kuchaytirmoqchi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti (AQSh) Jo Bayden, “Rossiya og‘ir badal to‘laydi”,-dedi.

Jo Bayden Oq uyda uyushtirgan matbuot anjumanida Rossiyadagi oxirgi vaziyatlar haqida gapirdi.

Baydenning aytishicha, “Donetsk xalq respublikasi” bilan “Lugansk xalq respublikasi”ni tan olgan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin mintaqani egallab olmoqchi.

“Bu bosqinning boshlanishi. Putin to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ukrainaning bor bo‘lish haqqiga hujum qildi. Rossiya global tinchlik va barqarorlikka tahdid solmoqda”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yuz bergan ushbu voqealar ortidan Rossiyaning 2 ta yirik moliyaviy shirkatiga sanksiya kiritganliklarini, Putinga yaqin insonlarga ham sanksiya qoʻyishlarini qayd etgan Amerika Prezidenti.

“Rossiya hujumlarni davom ettirgudek bo‘lsa unda judayam ogʻir badal toʻlaydi, sanksiyalarni kuchaytiramiz”,-dedi.

Rossiya bilan jang qilish niyatida emasliklarini, balki NATO tarkibidagi davlatlar tuprog‘ini himoya qilishlarini ifoda etgan Jo Bayden, Boltiqboʻyi oʻlkalarida AQSh askarlarini koʻpaytirishlarini, Ukrainaga mudofaa uchun qurollar yetkazib berishni davom etishlarini o‘z so‘ziga ilova etdi. Bayden so‘zlari yakunida:

“Haligacha eng yomon stsenariyni o‘zgartirish uchun vaqt bor”,-deya gapirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #AQSh , #Vladimir Putin , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar