Burkina-Fasodagi oltin konida yuz bergan portlashda 60 kishi halok bo‘ldi

Jarohatlanganlar viloyat shifoxonalarida davolanayotgani aytildi. Voqea yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.

1782787
Burkina-Fasodagi oltin konida yuz bergan portlashda 60 kishi halok bo‘ldi

 

Burkina-Fasoning Poni shahridagi oltin konida kuchli portlash yuz berdi. Portlash oqibatida 60 kishi halok bo‘ldi.

Mahalliy OAV xabarlariga ko'ra, Poni shahrining Gbomblora mahallasida joylashgan oltin konida noma'lum sababga ko'ra portlash sodir bo'lgan.

Portlash oqibatida kamida 60 kishi halok bo‘lgan, 50 kishi yaralangan.

Jarohatlanganlar viloyat shifoxonalarida davolanayotgani aytildi. Voqea yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.


Tanlangan kalimalar: #Burkina-Faso

Aloqador xabarlar