Putin va Makron Ukraina sharqidagi vaziyatni muhokama qildi

"Muloqotda Donbasdagi vaziyatning birdaniga yomonlashgani yuzasidan jiddiy xavotir bildirildi. Putin taranglikning kuchayishiga Ukraina xavfsizlik kuchlarining provokatsiyasi sabab boʻlganini taʼkidladi",-deyiladi bayonotda.

1782081
Putin va Makron Ukraina sharqidagi vaziyatni muhokama qildi

 

Rossiya va Fransiya prezidentlari Vladimir Putin va Emmanuel Makron Ukraina sharqidagi keskinlikka diplomatik yo‘l bilan yechim topish uchun Normand formatida ishtirok etuvchi davlatlarning harakatini faollashtirishga qaror qilishdi.

Putin va Makron kecha, 20-fevral kuni telefon orqali muloqot qildi.

Kreml tomonidan berilgan bayonotga ko’ra, Putin va Makron suhbat chog’ida Ukraina atrofidagi vaziyat bo’yicha batafsil fikr almashdi va Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari bo’yicha talabini muhokama qildi.

"Muloqotda Donbasdagi vaziyatning birdaniga yomonlashgani yuzasidan jiddiy xavotir bildirildi. Putin taranglikning kuchayishiga Ukraina xavfsizlik kuchlarining provokatsiyasi sabab boʻlganini taʼkidladi",-deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Kiyev maʼmuriyati “muzokaralar deb atalgan jarayonni davom ettirayotgani, biroq Minsk kelishuvlari va Normand formatida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishdan qatʼiy bosh tortayotgani” taʼkidlandi.

“Mavjud vaziyatning jiddiyligini inobatga olgan holda, davlat rahbarlari diplomatik kanallar orqali Normand formatida ishtirok etuvchi davlatlar rahbarlari, tashqi ishlar vazirlari va siyosiy maslahatchilari darajasida muammoni hal qilish yoʻllarini izlashni faollashtirish maqsadga muvofiqligini taʼkidladilar. Bu aloqalar o‘t ochishni to‘xtatish rejimini tiklash va Donbas atrofidagi mojaroni hal etishga yordam berishga mo‘ljallangan”,-deyiladi bayonotda.

Fransiya Prezidentlik saroyi Yelisey tomonidan berilgan yozma bayonotga ko’ra, Makron va Putin Normand formati doirasidagi muzokaralarni qayta tiklash va oxirgi kunlarda Ukraina tomonidan berilgan takliflar ustida ishlashga kelishib oldi.

Germaniya, Fransiya, Rossiya va Ukraina ishtirokida sammit o’tkazishni tashkil qilish kerakligini ifoda etgan Makron va Putin, Ukraina sharqida o't ochishni to'xtatish uchun harakat qilishga kelishib oldi.

Prezidentlar shuningdek, keskinlikni pasaytirish, tahlikani kamaytirish va tinchlik o'rnatish uchun barcha zarur choralarni ko'rish muhimligini ta'kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Emmanuel Makron , #Vladimir Putin

Aloqador xabarlar