Germaniya va Fransiya Ukrainadagi fuqarolarini mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Ayni vaqtda Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi 21-fevraldan boshlab Kiyevga parvozlarni to‘xtatishini ma’lum qildi.

1781688
Germaniya va Fransiya Ukrainadagi fuqarolarini mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

 

Germaniya va Fransiya Ukrainadagi fuqarolarini zudlik bilan bu mamlakatni tark etishga chaqirdi.

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Germaniya fuqarolari Ukrainaga sayohat qilmasliklari haqida ogohlantirildi.

Bayonotda aytilishicha, Rossiya Ukrainaga hujum qilgan taqdirda, Germaniya fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyati cheklangan.

Ayni vaqtda Rossiya va Ukraina o'rtasidagi taranglik Ukraina chegarasida Rossiya harbiy bo'linmalarining mavjudligi va harakatlari tufayli yanada kuchaygani bildirildi.

"Harbiy mojaro har qanday vaqtda boʻlishi mumkin”, - deyiladi bayonotda.

Ayni vaqtda Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi 21-fevraldan boshlab Kiyevga parvozlarni to‘xtatishini ma’lum qildi.

Kompaniya tomonidan berilgan bayonotda, 21-28 fevral kunlari Ukrainaning poytaxti Kiyevga parvozlar to'xtatilishi bildirildi.

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi ham Ukrainaga “sayohat qilish” haqidagi ogohlantirishini yangiladi.

Rossiya askarlarining Ukraina chegarasida to‘planishi natijasida yuzaga kelgan taranglik tufayli Ukrainaning shimoliy va sharqiy chegara hududlariga bormaslik va zudlik bilan mamlakatni tark etish tavsiya qilindi.

Fransiya fuqarolaridan Ukrainani tark etish va bu mamlakatga rejalashtirilgan hamda zarur bo'lmagan sayohatlarni kechiktirish so'ralgan.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Germaniya , #Fransiya

Aloqador xabarlar