Afg‘onistonda 25 metrlik quduqqa tushib ketgan bola halok bo‘ldi

Qayd etilishicha, bolani olib chiqish uchun vertolyotdan foydalanilgan. Uni saqlab qolishga urinishlarga qaramay, Haydar halok bo‘lgan.

1781079
Afg‘onistonda 25 metrlik quduqqa tushib ketgan bola halok bo‘ldi

 

Bugun, 18-fevral kuni Afg‘onistonning Zobul viloyatida 25 metrlik quduqqa tushib ketganidan keyin qutqarilgan bola halok bo‘ldi.

Bu haqda “Tolibon” siyosiy idorasi vakili Anas Haqqoniy ma’lum qildi.

“Afsuski, go‘dak Haydar bizni butunlay tark etdi. Mamlakatimiz bugun yana katta fojiani boshdan kechirmoqda”, deb yozgan Haqqoniy Twitter’da.

Ma’lumot o‘rnida, chuqurga tushib ketgan bola 96 soat davom etgan operatsiyadan keyin qutqarib qolingan. U shifokorlar nazoratida bo‘lgan.

Qayd etilishicha, bolani olib chiqish uchun vertolyotdan foydalanilgan. Uni saqlab qolishga urinishlarga qaramay, Haydar halok bo‘lgan. 

Eslatish joizki, fevral oyi boshida Shimoliy Afrika hududida joylashgan Marokashda 30 metr (100 fut) chuqurlikdagi quvurga tiqilib qolgan 5 yoshli Rayyon ismli bolakay vafot etgandi. 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston

Aloqador xabarlar