Ugʻur Shahin Omikronga maxsus tayyorlangan vaksina bir necha haftaga kechiktirilishini maʼlum qildi

Germaniyaning BioNTech biotexnologiya kompaniyasi asoschisi, turk olimi, professor doktor Ugʻur Shahin yangi turdagi koronavirusning (Kovid-19) Omikron mutatsiyasi uchun maxsus tayyorlangan vaksina bir necha haftaga kechiktirilishini maʼlum qildi.

1780481
Ugʻur Shahin Omikronga maxsus tayyorlangan vaksina bir necha haftaga kechiktirilishini maʼlum qildi

Germaniyaning BioNTech biotexnologiya kompaniyasi asoschisi, turk olimi, professor doktor (prof. Dr.) Ugʻur Shahin yangi turdagi koronavirusning (Kovid-19) Omikron mutatsiyasi uchun maxsus tayyorlangan vaksina bir necha haftaga kechiktirilishini maʼlum qildi.

prof. Dr. Ug'ur Shahin, nemis matbuotiga bergan bayonotida, Omicron mutatsiyasi uchun maxsus tayyorlangan vaksinaning ma'lumot yig'ish jarayoni kutilganidan sekinroq bo'lgani uchun bir necha haftaga kechiktirilishi mumkinligini aytdi.

Shahin, yangi mutatsiyalarga qarshi vaksinalarni ishlab chiqishda davom etishlarini qo'shimcha qildi.

“Agar epidemiya toʻlqini tugasa, bu yana boshlanmaydi, degani emas”, dedi u.

Kovid-19 epidemiyasi kelajakda qanday shakllanishi haqida gapirar ekan, Shahin,

“Men endi vaziyatni dramatik ko‘rmayapman”, dedi u.

BioNTech kompaniyasi Omicronga xos vaktsina mart oyi oxirida chiqarilishini e'lon qildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar