Ukrainada "Davlat xavfsizligini ta’minlash strategiyasi to‘g‘risida”gi qaror kuchga kirdi

“Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining 2021 yil 30 dekabrdagi “Davlat xavfsizligini ta’minlash strategiyasi to‘g‘risida”gi qarori kuchga kirsin. Davlat xavfsizligini ta’minlash strategiyasi tasdiqlansin”, deyiladi hujjat matnida.

1780034
Ukrainada "Davlat xavfsizligini ta’minlash strategiyasi to‘g‘risida”gi qaror kuchga kirdi

 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning davlat xavfsizligi strategiyasini tasdiqladi. Unda Rossiya mamlakat xavfsizligiga tahdid qilayotgan davlat sifatida ko‘rsatilgan. Hujjat davlat rahbari saytida e’lon qilindi.

Ukraina prezident administratsiyasidan berilgan bayonotiga ko'ra, 30 dekabr kuni Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining Davlat xavfsizligi strategiyasi bo'yicha qabul qilgan qarori Zelenskiy tomonidan tasdiqlangan.

“Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining 2021 yil 30 dekabrdagi “Davlat xavfsizligini ta’minlash strategiyasi to‘g‘risida”gi qarori kuchga kirsin. Davlat xavfsizligini ta’minlash strategiyasi tasdiqlansin”, deyiladi hujjat matnida.

Qayd etilishicha, hujjat Ukraina davlat xavfsizligiga real va potensial tahdidlarni, davlat xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatining yo‘nalishlari va vazifalarini belgilab beradi, davlat xavfsizligi sohasidagi siyosatni rejalashtirish va amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.

Unda mamlakat uchun real va ehtimoliy tahdidlar belgilab berilgan. Xususan, Rossiya “strategik maqsadlariga erishish uchun” Ukrainaga qarshi siyosiy, iqtisodiy, axboriy va psixologik vositalar hamda kiberhujumlardan foydalangan holda gibrid urushni davom ettirayotgani qayd etilgan. 

Shuningdek, strategiyada boshqa tahdidlar qatorida “Ukraina tashqarisida ham, ichkarisida ham buzg‘unchi tashviqot, oligarxlarning mamlakatdagi strategik korxonalari va milliy iqtisodiyot tarmoqlariga ta’siri, xavfsizlik kuchlaridagi islohotlarning to‘liq emasligi, davlatning moliyaviy resurslarining cheklangani, bu esa davlatning moliyaviy imkoniyatlarining cheklanganishiga olib kelayotgani ham aytilgan. 

Strategiyaga ko‘ra, hujjat “Ukraina davlat xavfsizligiga real va potensial tahdidlarni, davlat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining yo‘nalishlari va vazifalarini belgilaydi hamda davlat xavfsizligi sohasidagi siyosatni rejalashtirish va amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining ushbu farmon bilan kuchga kirgan qarori ijrosini nazorat qilish Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibiga yuklatilgan. Hujjat e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Vladimir Zelenskiy

Aloqador xabarlar