Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishi kutilgan sana rasmiy dam olish kuniga aylantirildi

Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishgan video orqali ukrainaliklarga murojaat qildi.

1778724
Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishi kutilgan sana rasmiy dam olish kuniga aylantirildi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning Ukrainaga hujum qiladigan kun ekani iddio etilgan 16-fevralni, “Birlik kuni” degan nomi ostida rasmiy dam olish kuni deb e’lon qildi.

Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishgan video orqali ukrainaliklarga murojaat qildi.

16-fevralning hujum kuni bo‘lishi iddio etilganini qayd etgan Zelenskiy:

“Biz uni birlik kuniga aylantiramiz. Kerakli qaror imzolandi. O‘sha kuni milliy bayroqlarimizni osib, sariq-ko‘k lentalarimizni taqamiz va butun dunyoga birligimizni ko‘rsatamiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ukraina Milliy Mudofaa va xavfsizlik kengashi rahbari Oleskiy Danilov esa, ertaga Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujum uyushtirishini kutmaganliklarini bildirdi.

Oleskiy Danilov matbuotga bergan bayonotida, yurtidagi o‘zgarishlar va xavflardan xabardor ekanliklarini ifoda etdi.

Vaziyat to‘liq nazorat ostida ekanini tilga olgan Danilov, 16 yoki 17-fevralda Rossiyadan keng ko‘lamli bir hujumni kutmaganliklarini yetkazdi.

Faqat Rossiya tomoni provokatsiya qilishi mumkinligiga e’tibor qaratgan Danilov, bunga ham tayyor ekanliklarini o‘z so‘ziga ilova etdi.

AQSh matbuotida AQSh Prezidenti Jo Baydenning G‘arb davlatlari rahbarlariga, 16-fevral kuni Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishi mumkinligi haqida xabar bergani ilgari surilgandi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar