Blinken bilan Xayashi Ukraina chegarasidagi vaziyatdan qattiq xavotirda ekanliklarini bildirdi

Entoni Blinken bilan Yoshimasa Xayashi Ukraina chegarasidagi Rossiya harbiy kuchlarining to‘planishidan jiddiy xavotirda ekanliklarini qayd etdi.

1777117
Blinken bilan Xayashi Ukraina chegarasidagi vaziyatdan qattiq xavotirda ekanliklarini bildirdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibi Entoni Blinken va Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Yoshimasa Xayashi Ukraina chegarasidagi vaziyatdan jiddiy xavotirda ekanliklarini qayd etdi.

Ukraina chegarasidagi Rossiya harbiy kuchlarining to‘planishi yuzasidan mintaqada taranglik kelib chiqish ehtimoli kun o‘tgan sayin ortar ekan QUAD davlatlari (AQSh, Hindiston, Avstraliya va Yaponiya) tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida uyushtirilgan yig‘ilishda ishtirok etish maqsadida Avstraliyaga borgan Blinken bilan Xayashi, Melburnda Ukraina masalasini muhokama qildi.

Ular yig‘ilishda, Ukraina chegarasidagi Rossiya harbiy kuchlarining to‘planishidan qatiq xavotirda ekanliklarini qayd etdi.

Xitoyning Sharqiy va Janubiy Xitoy dengizlarida kuchayib borayotgan harbiy o‘rnini ham qo‘lga olgan Blinken va Xayashi, mintaqadagi mavjud vaziyatni o‘zgartirishga qaratilgan har qanday bir tomonli urinishlarga qarshi turishga kelishib oldilar.



Aloqador xabarlar