Boris Jonson Polshaga bo‘lan tashrifi chog‘ida Rossiyani ogohlantirdi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Polsha poytaxti Varshavada Prezident Mateusz Moravetski bilan uchrashar ekan ortidan ikki lider mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

1776755
Boris Jonson Polshaga bo‘lan tashrifi chog‘ida Rossiyani ogohlantirdi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson, Rossiyaning Ukraina chegarasiga qo‘shin to‘plashi bilan boshlagan taranglik haqida shunday dedi:

“Kuchli davlat qo‘shnilariga zo‘rovonlik yoki ularga qarshi hujum qila oladigan bir dunyoni qabul qilmaydi”.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Belgiya poytaxt Bryusselda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan bo‘lgan uchrashuvi ortidan Polsha poytaxti Varshavaga qarab yo‘l oldi. U yerda Prezident Mateusz Moravetski bilan uchrashar ekan ortidan ikki lider mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Buyuk Britaniyaga Polshaga qo‘shin yuborgani uchun minnatdorchilik bildirgan Moravetski, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning siyosiy maqsadi NATOni tarqatib yuborish ekanini ifoda etgan holda:

“Shu bois qanchalik birlik va birdamlik ichida ekanimizni, ittifoqning (NATO) qanchalik inoqligini namoyish etish borasida qarorimiz qat’iy bo‘lishi kerak”.-dedi.

Germaniya yetakchiligiga ham murojaat qilgan Moravetski:

“Shimoliy oqim-2 tabiiy gaz quvir chizig‘idan popisa sifatida foydalanilmasligi kerakligini tezlik bilan ma’lum qilishimiz lozim”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Jonson shuningdek, Ukraina ishg‘oliga qarshi Rossiyaga sanktsiya paketi tayyorlaganliklariga e’tibor qaratgan holda:

“Polsha va Britaniya sifatida kuchli qo‘shni qo‘shnilariga zo‘rovonlik qilgan yoki ularga qarshi hujum qila oladigan bir dunyoni qabul qilmaydi degan fikrdamiz. Chunki barcha insonlarning qayerda dunyoga kelishidan qat’iy nazar xavfsiz ravishda yashashga, kim tomonidan boshqarilishni tanlashga va oʻzlari xohlagan tashkilotlarga a’zo bo‘lish masalasi ustidan qaror qabul qilishga yoki xohlagan tashkilot tarkibidan chiqishga haqlari borligiga ishonamiz. Biz bu tamoyildan voz kechmaymiz”.-deya gapirdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar