Kanada bosh vazirida koronavirus aniqlandi

“Bugun ertalab COVID-19 ga topshirgan testim javobi ijobiy chiqdi. O‘zimni yaxshi his qilyapman",-deb yozgan Kanada bosh vaziri Twitter’dagi sahifasida.

1771506
Kanada bosh vazirida koronavirus aniqlandi

 

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoda koronavirus aniqlandi. Bu haqda uning o‘zi Twitter’dagi sahifasi orqali ma'lum qildi.

“Bugun ertalab COVID-19 ga topshirgan testim javobi ijobiy chiqdi. O‘zimni yaxshi his qilyapman va shu hafta sog‘liqni saqlash qoidalariga rioya qilgan holda masofadan turib ishlashni davom ettiraman”, — deb yozadi Tryudo.

U fuqarolarni koronavirusga qarshi emlanishga va revaksinatsiyadan o‘tishga chaqirgan.

27-yanvar kuni Tryudo infeksiyaga chalingan fuqaro bilan aloqada bo‘lgani sabab o‘zini yakkalash rejimiga o‘tgandi. Bosh vazirning farzandlaridan birida ham koronavirus aniqlangan.

 


Tanlangan kalimalar: #Kanada , #Jastin Tryudo

Aloqador xabarlar