Sergey Lavrov ertaga Entoni Blinken bilan muloqot qiladi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova 1 fevral kuni Lavrov va Blinken oʻrtasida telefon muloqoti boʻlishini maʼlum qildi.

1771070
Sergey Lavrov ertaga Entoni Blinken bilan muloqot qiladi

 

Ma`lum qilinishicha, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ertaga amerikalik hamkasbi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqot qiladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova 1 fevral kuni Lavrov va Blinken oʻrtasida telefon muloqoti boʻlishini maʼlum qildi.

Zaxarovaning qayd etishicha, hozircha ikki vazirning yuzma-yuz uchrashuvi rejalashtirilmagan.

Lavrov va Blinken oxirgi marta 21-yanvar kuni Shveytsariyaning Jeneva shahrida Ukraina masalasidagi keskinlik tufayli uchrashgan edi.


 



Aloqador xabarlar