Shimoliy Koreya navbatdagi ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi

Sinovdan o‘tgan raketa Xvason-12 modelidagi uzoq masofali ballistik raketa hisoblanadi. Yaponiya dengizi suvlari tomon o'tkazilgan sinovlar qo'shni davlatlarning xavfsizligi inobatga olingan holda amalga oshirilgan.

1770697
Shimoliy Koreya navbatdagi ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi

 

Kecha, 30-yanvar kuni Shimoliy Koreya Xvason-12 modelidagi uzoq masofali ballistik raketasini sinovdan o'tkazdi.

Bu haqda Shimoliy Koreya Markaziy Axborot Agentligi (KCNA) xabar berdi.

Xabarga ko’ra, sinovdan o‘tgan raketa Xvason-12 modelidagi uzoq masofali ballistik raketa hisoblanadi. Yaponiya dengizi suvlari tomon o'tkazilgan sinovlar qo'shni davlatlarning xavfsizligi inobatga olingan holda amalga oshirilgan. Raketa Yaponiya iqtisodiy zonalari chegaralaridan tashqariga qulagan.

Hukmron Ishchilar partiyasiga (WPK) yaqin bo‘lgan milliy gazeta “Rodong Sinmun” raketa sinoviga oid tasvirlarni chop etdi.

Yaponiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 5000 kilometr masofaga uchadigan “Xvason-12” raketalari butun Yaponiya va Tinch okeanining gʻarbiy qismidagi Guam oroligacha yetib borishi mumkin.

Shimoliy Koreya shu kungacha 7 ta raketa sinovini amalga oshirgani qayd etildi.

Bu - Shimoliy Koreyada 2022 yil yanvar oyi boshidan buyon yettinchi marta raketa sinovlari o‘tkazilishi bo‘ldi.

Mamlakat oxirgi marta 27 yanvar kuni raketa uchirgan edi. Joriy yildagi birinchi raketasini 5 yanvar kuni, ikkinchisini — 11 yanvar kuni, uchinchisini — 14 yanvar kuni uchirgandi.


Tanlangan kalimalar: #ballistik raketa , #Shimoliy Koreya

Aloqador xabarlar