Sergey Lavrov:"Rossiya Ukraina bilan urushga kirishmoqchi emas"

"Agar bu Rossiyaga bog'liq bo'lsa, urush bo'lmaydi. Biz urushni xohlamaymiz. Lekin, biz manfaatlarimiz oyoq osti qilinishiga va e'tibordan chetda qolishiga yo'l qo'ymaymiz",-deb aytgan Lavrov mahalliy radiolarga bergan intervyusida.

1769875
Sergey Lavrov:"Rossiya Ukraina bilan urushga kirishmoqchi emas"

 

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya Ukraina bilan urushga kirishmoqchi emasligini aytdi.

"Agar bu Rossiyaga bog'liq bo'lsa, urush bo'lmaydi”, - deydi u. 

Lavrov mahalliy radiolarga bergan intervyusida Rossiya va Amerika Qo'shma Shtatlari o'rtasidagi taranglik haqida bayonot berdi.

AQSH va NATOdan xavfsizlik takliflariga doir yozma javob olganligini ma'lum qilgan Lavrov, bu javoblarda ikkinchi darajali masalalar bilan bogʻliq mantiqiy unsurlar borligini bildirdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa va boshqa mintaqalarda o‘rta va qisqa masofali raketalarni joylashtirishga “moratoriy” taklif qilganini eslatib, Lavrov shunday dedi:

"Javoblarga bu ham kiritilgan. Mashg'ulotlarni har ikki tomon chegaralaridan uzoqda o'tkazish, qiruvchi samolyotlar va kemalar o'rtasidagi masofa, mojaro, keskinlikni kamaytirish va ishonchni mustahkamlash bilan bog'liq chora-tadbirlar bo'yicha ham takliflarimiz bor edi. Bularning barchasi oxirgi 2-3 yil ichida rad etilgan. Endi hammasi bilan maslahatlashish tavsiya qilinmoqda”.

Rossiya, AQSH va NATO oʻrtasida turli xavfsizlik kafolatlari boʻyicha takliflar xususida muzokaralar yakunlanmaganiga eʼtibor qaratgan Lavrov, bir necha hafta ichida bu mavzuda Rossiya-Amerika uchrashuvi boʻlib oʻtishi haqidagi maʼlumot bilan oʻrtoqlashdi.

"Agar bu Rossiyaga bog'liq bo'lsa, urush bo'lmaydi. Biz urushni xohlamaymiz. Lekin, biz manfaatlarimiz oyoq osti qilinishiga va e'tibordan chetda qolishiga yo'l qo'ymaymiz",-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Sergey Lavrov , #Rossiya

Aloqador xabarlar