Falastinliklarga qarshi sodir etilgan hujumlar "terror hujumi" deb tan olindi

Isroil jamoat xavfsizligi vaziri Omar Barlev, yahudiy ko'chmanchilarning bosib olingan G'arbiy Sohilda Falastinliklarga qarshi hujumlarini "uyushgan terror" ekanligini tan oldi.

1767251
Falastinliklarga qarshi sodir etilgan hujumlar "terror hujumi" deb tan olindi

 

Isroil jamoat xavfsizligi vaziri Omar Barlev, yahudiy ko'chmanchilarning bosib olingan G'arbiy Sohilda Falastinliklarga qarshi hujumlarini "uyushgan terror" ekanligini tan oldi.

Omer Barlev, Isroil Jamoat Teleradiokompaniyasi KANga kecha Nablus qishlog'ida niqobli yahudiy ko'chmanchilarning Isroil va Falastinlik faollarga qarshi uyushtirgan hujumlari haqida baho berdi.

“Mening fikrimcha, bu birgalikda harakat qilayotgan terrorchi guruhning uyushgan faoliyati”, - deydi Isroildagi koalitsion hukumatdagi hamkor, Leyboristlar partiyasi a’zosi Barlev. 

Bahs o'tgan guruhning o'z fuqarolarini nishonga olganini va ularga zarar yetkazganini ifoda etgan Barlev, Isroil politsiyasining ichki razvedka tashkiloti Shin-Bet (Shabak) bilan tergov olib borganini qayd etdi.

Isroil vaziri Barlev avvalroq "yahudiy ko'chmanchilar zo'ravonligi" atamasini ishlatgan va 27 dekabr kuni "yahudiylardan tahdid olgani" haqidagi bayonotidan so'ng, unga qarshi himoya faoliyati kuchaytirilgan.

Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet, hukmron va muxolifatdagi o'ng partiyalarning nishoniga aylangan Barlevga, "Yahudiy ko'chmanchilar Isroilning himoya qalqoni" dedi. U o'z hukmiga keskin munosabat bildirdi.

Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda 21-yanvar kuni Isroil boshqaruvi tomonidan bosib olinishi tahdidi ostidagi yerlarga zaytun daraxti ekmoqchi bo‘lgan Falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun mintaqada bo‘lgan faollar, yuzlari niqoblangan bir guruh yahudiy ko‘chmanchilar tomonidan hujumga uchragan edi. . Hujum oqibatida 4 nafar isroillik faol doxil 10 kishi yaralangan.

Isroil 1967 yilda bosib olgan G‘arbiy Sohilda 250dan ortiq noqonuniy yahudiy turar-joylari mavjud. Bu joylarda yashovchi 500 mingga yaqin yahudiy ko'chmanchi G'arbiy Sohilda ishg'ol ostida yashovchi Falastinliklarning hayotini yanada qiyinlashtirmoqda.

Xalqaro huquqqa ko‘ra, bosib olingan hududdagi barcha yahudiy aholi punktlari noqonuniy hisoblanadi.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar