Eron vakili Venadagi yadroviy muzokaralar haqida bayonot berdi

Hatibzade, poytaxt Tehrondagi Tashqi ishlar vazirligi binosida o'tkazgan haftalik matbuot anjumanida Avstriyaning poytaxti Venada davom etgan yadroviy muzokaralar haqida bayonot berdi.

1767523
Eron vakili Venadagi yadroviy muzokaralar haqida bayonot berdi

 

Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Said Hatibzoda muvaqqat kelishuv yadroviy muzokaralar kun tartibida emasligini aytdi.

Hatibzade, poytaxt Tehrondagi Tashqi ishlar vazirligi binosida o'tkazgan haftalik matbuot anjumanida Avstriyaning poytaxti Venada davom etgan yadroviy muzokaralar haqida bayonot berdi.

Hatibzodaning aytishicha, Eronning kafolat talabi muhokama qilinmoqda va mojarolar kamaygan.

"Muzokaralar to'g'ri yo'lda. Barcha tomonlar Qo'shma Shtatlar yadroviy bitimdan boshqa hech qachon chiqmasligi kerakligi haqida kelishib oldi. Eron doimiy va ishonchli kelishuvga erishmoqchi. Bundan kamini qabul qilmaydi. Vaqtinchalik kelishuv hech qachon kun tartibimizda bo'lmagan. Vashington buni tushunishi kerak",-deydi u.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Vena , #AQSh , #Yadroviy , #Eron

Aloqador xabarlar