Rossiya va Ukraina prezidentlari Erdo'g'anning taklifini ma'qulladi

Ukraina Prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Mixay Podolyak Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Turkiyaga taklifini “yaxshi o‘ylangan" taklif deb baholadi.

1765616
Rossiya va Ukraina prezidentlari Erdo'g'anning taklifini ma'qulladi

 

Ukraina Prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Mixay Podolyak Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Turkiyaga taklifini “yaxshi o‘ylangan va salohiyatli” taklif ekanini aytdi.

Mixay Podolyak “RBK Ukraina”ga bergan intervyusida prezident Erdo‘g‘an mintaqadagi vaziyatni juda yaxshi tushunishini aytdi.

Erdo'g'an ukrainlar va ruslarning niyatlarini juda yaxshi bilishiga e'tibor qaratgan Podolyak, bu taklifning "shubhasiz yaxshi o'ylangan" taklif ekanligini aytdi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muammolarni hal qilish uchun Prezident Erdo'gʻanning Turkiyaga taklifi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan maʼqullaganligini bildirdi.

Avvalroq, Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin, Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning Rossiya va Ukraina o'rtasidagi muammolarni hal qilish uchun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muloqot qilganligini ma'lum qilib, "Ular xohlasa Turkiyaga kelishlari mumkin. Prezidentimiz ular o'rtasidagi muammolar va kelishmovchiliklarni hal qilish uchun uchrashuv o'tkazishni taklif qildi. Turkiya Rossiya va Ukraina o'rtasidagi keskinlikni kamaytirish uchun har qanday rolni o'ynashga tayyor. Biz Rossiya va Ukrainaning do'sti sifatida ham, NATO ittifoqchisi sifatida ham bunga tayyormiz",-degandi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar