Putin bilan Aliyev Ukraina masalasini muhokama qildi

Vladimir Putin bilan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev telefon orqali  muloqat qildi.

1765063
Putin bilan Aliyev Ukraina masalasini muhokama qildi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev telefon orqali  muloqat qilib, unda Ukraina masalasini muhokama qildi.

Kreml tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, Putin ushbu muloqat chog‘ida Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) va ittifoqchilari bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha olib borilgan muzokaralar haqida Aliyevga ma’lumot bergan.

Qozog‘istondagi voqealar ham muhokama qilingan muloqatda, u yerdagi vaziyatning tezda barqarorlashganidan mamnun ekanliklari bildirilgan.

Putin bilan Aliyev unda, Rossiya-Ozarbayjon strategik sherikligining kelajakda mustahkam tus olishini ham tasdiqlagan.

Ozarbayjon Prezidenti Aliyev 14-yanvar kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan poytaxt Kiyevda uchrashgandi.



Aloqador xabarlar