Nyu-Yorkdagi yong‘inda halok bo‘lgan musulmonlar uchun dafn marosimi uyushtirildi

AQShning Nyu-York shtatining Bronks hududidagi yong‘inda halok bo‘lgan musulmonlar uchun dafn marosimi uyushtirildi.

1763679
Nyu-Yorkdagi yong‘inda halok bo‘lgan musulmonlar uchun dafn marosimi uyushtirildi

AQShning Nyu-York shtatining Bronks hududidagi ko‘p qavatli uylardan birida sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘lgan 15 nafar musulmon uchun janoza namozi o‘qildi.

Yong‘in qurboni 17 kishidan 15 nafari uchun Bronksdagi Islom madaniyat markazida dafn marosimi uyushtirildi.

Ko‘pchiligi Afrika davlati Gambiyadan boʻlgan musulmonlarning yaqinlari va uning atrofidagi aholi ishtirok etgan dafn marosimida insonlar koʻz yoshlarini tiya olmadi.

Nyu-York meri Erik Adams, AQSh senatidagi koʻpchilik demokratlar yetakchisi Chak Shumer va Gambiya hukumatining ikki rasmiy vakili ham ishtirok etdi.

Janoza namozi va duolar ortidan jasadlardan 11 nafari dafn qilinishi uchun Nyu-Jersi shtatiga yuborilar ekan ulardan 4 nafarining, oilalarining iltimosi bilan Gambiyaga olib ketilishi ma’lum bo‘ldi.

Yong‘inda halok bo‘lgan ikki bolaning jasadi shu hafta boshida Harlemdagi jome’ masjidlaridan biridan olib chiqilib, tuproqqa berilgandi.

Eslatib o‘tamiz:

Bronks viloyatida 9-yanvar kuni elektr isitgichdan chiqqan yong‘inda 17 kishi halok bo‘lgandi. Ulardan 8 nafarining yosh bola ekani aniqlanar ekan tumandan 63 kishi zaharlangani qayd etildi.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Nyu-York , #Bronks , #Erik Adams , #Chak Shumer , #yong‘in

Aloqador xabarlar