AQSh: Rossiya agar Ukrainaga aralashsa biz iqtisodiy sanksiyalarga tayyormiz

Amerika Qo'shma Shtatlari Milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan, Rossiya bilan Ukraina masalasida diplomatiyaga, bosqin bo'lsa, iqtisodiy sanksiyalarga tayyor ekanliklarini  bildirdi.

1762554
AQSh: Rossiya agar Ukrainaga aralashsa biz iqtisodiy sanksiyalarga tayyormiz

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan, Rossiya bilan Ukraina masalasida diplomatiyaga, bosqin bo'lsa, iqtisodiy sanksiyalarga tayyor ekanliklarini  bildirdi.

Oq Uydagi kundalik matbuot brifingida Sullivan Jeneva, Bryussel va Venadagi Rossiya va Ukraina bo'yicha muzokaralarni baholadi.

Ushbu muzokaralar chog'ida AQSh ham, Rossiya ham o'z xavotirlarini bildirganliklarini ifoda etgan Sullivan, qaysi sohalarda oldinga siljish mumkin yoki yo'qligini ham aniq ifoda etganliklarini bildirdi.

sallivan,

"Muzokaralar samimiy va to'g'ridan-to'g'ri o'tdi. Ular foydali bo'ldi. Bu muzokaralar bizga va Rossiyaga o'ylash uchun material berdi". dedi.

Muzokaralardan keyin ittifoqchilar bilan jarayonning qanday davom etishi haqida gaplashishlarini qayd etgan Sulivan,

"Biz Yevro-Atlantikaning xavfsizligi va barqarorligini yaxshilash uchun diplomatiyaga tayyormiz. Xuddi shunday, agar Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishisan va  boshqa yoʻlni tanlasa, javob berishga tayyormiz. Biz hamkorlarimiz bilan har qanday holatda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qattiq iqtisodiy sanksiyalar boʻyicha yaqindan hamkorlik qilishda davom etamiz.”. dedi.

Qo'shma Shtatlar Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo'llab-quvvatlashda davom etayotganini ta'kidlagan Sallivan,

“Biz Rossiyaga harbiy  bosqinning  badali  va oqibatlarini tushuntirdik. iborasini ishlatgan.

Rossiya bilan muzokaralarning davom etishi uchun yangi sana belgilanmaganiga diqqat qaratgan Sullivan, ham ittifoqdoshlari, ham Rossiya bilan aloqalarining davom etishini aytdi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Bosqin , #Sankasiya , #Ukraina , #Rossiya , #AQSh

Aloqador xabarlar