Shimoliy Koreya navbatdagi raketa sinovini amalga oshirdi

Shimoliy Koreya bugun, 14 yanvar kuni Yapon dengizi tomonga yana bir raketa uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya harbiy bosh shtabidan ma'lum qilindi.

1762635
Shimoliy Koreya navbatdagi raketa sinovini amalga oshirdi

 

Shimoliy Koreya bugun, 14 yanvar kuni Yapon dengizi tomonga yana bir raketa uchirdi.

Bu haqda Janubiy Koreya harbiy bosh shtabidan ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan raketa ballistik bo‘lishi mumkin. Xuddi shunday taxminni Yaponiya Vazirlar Mahkamasi va Yaponiya Mudofaa vazirligi ham bildirgan. 

Bir haftadan sal koʻproq vaqt ichida uchinchi sinov sifatida qayd etilgan soʻnggi raketa sinovi Amerika Qoʻshma Shtatlar Shimoliy Koreyaning qurol-yarogʻ va raketa dasturini jihozlash bilan shugʻullanuvchi 6ta Shimoliy Koreya va 1ta Rossiya va Rossiyada joylashgan 1ta firmaga sanksiya qo'llaganidan bir necha kun oʻtib amalga oshirildi.

Shimoliy Koreya markaziy axborot agentligi 12-yanvar kuni mamlakatda gipertovushli raketa sinovi muvaffaqiyatli o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In tomonidan o‘tkazilgan sinovda gipertovushli raketa 1000 kilometr masofadagi suvlarda nishonni muvaffaqiyatli urgan.

Yaponiya va Janubiy Koreya 11-yanvar kuni Shimoliy Koreya “ballistik bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan raketani sinovdan o‘tkazganini” e’lon qildi. Ikki davlat raketa tovushdan 10 baravar tezroq ekanligini ma’lum qildi.

Shimoliy Koreya 5 yanvar kuni “gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini” e’lon qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Shimoliy Koreya

Aloqador xabarlar