G'arbiy sohildagi otishmada 2 nafar Isroil askari halok bo'ldi

Ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohilda Iordan vodiysi yaqinidagi bazaga ochilgan do'stona otishma natijasida 2 nafar Isroil askarining halok bo'lgani ma'lum qilindi.

1762114
G'arbiy sohildagi otishmada 2 nafar Isroil askari halok bo'ldi

 

Ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohilda Iordan vodiysi yaqinidagi bazaga ochilgan otishma natijasida 2 nafar Isroil askarining halok bo'lgani ma'lum qilindi.

Isroil armiyasidan berilgan yozma bayonotda,

“Ikki isroillik zobit bugun tunda Iordan vodiysidagi lager yaqinidagi hushyorlik chog‘ida do‘stona otishma natijasida halok bo‘ldi” deya qayd etildi.

Bayonotda, askarlarning noto'g'ri tashxis tufayli bir-birlariga o'q uzgani bildirildi.

Vaziyat zobitlarning oilalariga yetkazildi va voqea yuzasidan tergov ishlari boshlandi.

Kimligini oshkor qilmagan yuqori martabali zobit, Isroilning "Walla" xabar saytiga bergan bayonotida, halok bo'lgan 2 zobitning Isroil armiyasidagi elit komando bo'linmalaridan birining qo'mondonligi ostida ekanligini aytdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Halok , #Askar , #Isroil

Aloqador xabarlar