Daniya harbiy razvedkasi boshlig‘i Lars Findse hibsga olindi

Xabarlarga ko‘ra, u maxsus xizmatlardan axborot sizib chiqib ketishida gumonlanib hibsga olingan. U 2021 yilning dekabr oyidan buyon hibsda ushlab turilmoqda.

1760314
Daniya harbiy razvedkasi boshlig‘i Lars Findse hibsga olindi

 

Daniya harbiy razvedkasi (FE) boshlig‘i Lars Findsen maxfiy ma'lumotlarni matbuotga oshkor qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilganligi ma'lum qilindi.

Xabarlarga ko‘ra, u maxsus xizmatlardan axborot sizib chiqib ketishida gumonlanib hibsga olingan. U 2021 yilning dekabr oyidan buyon hibsda ushlab turilmoqda.

Ta'kidlanishicha, bugun Kopengagen shahar sudida sud jarayoni boshlangan. Daniya davlat televideniyesi Findsen tomonidan oshkor qilingan maxfiy ma'lumotlar 2021 yilda 3 ta alohida yangilik mavzusi bo'lganini e'lon qildi.

9 dekabrda Daniya politsiya xavfsizlik xizmati (PET) FE va PET tashkilotlarining to‘rt nafar xodimi o‘ta maxfiy ma’lumotlarni berishda gumonlanib hibsga olinganini xabar qilgandi. 

DR va TV2 telekanallarining ma’lumot berishicha, hozirda faqat Findsen hibsda saqlanmoqda. U barcha ayblovlarni inkor qilmoqda.

Findsen 2015 yilda harbiy razvedka boshlig‘i lavozimiga tayinlangan, 2020 yil avgustda maxsus xizmatlar ustidan nazorat idorasining tanqidiy hisobotidan so‘ng lavozimidan vaqtincha chetlatilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Lars Findsen

Aloqador xabarlar