Tokio uchun birinchi marta qattiq qor yog'ishi haqida ogohlantirish e'lon qilindi

Yaponiya meteorologiya agentligi (JMA) tomonidan berilgan bayonotda, hafta boshida mamlakatning g'arbiy va shimoliy qismlarida ta'sirli sovuq havoning sharqiy va janubiy qismlariga yo'naltirilganligi bildirildi.

1758377
Tokio uchun birinchi marta qattiq qor yog'ishi haqida ogohlantirish e'lon qilindi

Yaponiya poytaxti Tokio uchun so'nggi 4 yil ichida birinchi marta "qattiq qor yog'ishi" haqida ogohlantirish e'lon qilindi.

Yaponiya meteorologiya agentligi (JMA) tomonidan berilgan bayonotda, hafta boshida mamlakatning g'arbiy va shimoliy qismlarida ta'sirli sovuq havoning sharqiy va janubiy qismlariga yo'naltirilganligi bildirildi.

Tokioning 23 tumaniga "qattiq qor yog'ishi" haqida ogohlantirilgan bayonotda, shahar aholisi "muzlash va yo'l harakati to'xtatilishidan ehtiyot bo'lishga" chaqirildi.

Shu bilan birga, Japan Airlines (JAL) va All Nippon Airways (ANA) Tokiodagi Haneda va Narita aeroportlariga 100 ta mahalliy reyslar bekor qilinganligini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, JMA oxirgi marta 2018-yil yanvar oyida umuman Tokio uchun o‘zining “qattiq qor haqida ogohlantirish”ni e’lon qilgan.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ogohlantirdi , #Qor , #Tokyo , #Yaponiya

Aloqador xabarlar