Isroilning Hayfa shahri yaqinida vertolyot halokati ro'y berdi

Isroil Davlat Teleradiokompaniyasi xabariga ko'ra, dushanba kuni kechqurun Hayfa shahri yaqinida vertolyot qulashi ortidan mintaqaga qutqaruv guruhlari jo'natildi.

1756782
Isroilning Hayfa shahri yaqinida vertolyot halokati ro'y berdi

 

Isroil shimolidagi Hayfa shahri yaqinida vertolyot halokati ro'y berdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, dengizga qulagan harbiy vertolyotning ikki uchuvchisi hayotdan ko'z yumgan.

Isroil armiyasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, kecha kechqurun Hayfa shahri yaqinida o'quv mashg'ulotlari chog'ida Isroil armiyasiga tegishli vertolyot suvga qulagan. Samolyot bortida ikki uchuvchi va bir ekipaj bo'lgan.

Sohil Xavfsizlik va Havo kuchlari ishtirokida olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlaridan so'ng, ekipajning qutqarilgani va uchuvchining ikkalasi ham hayotdan ko'z yumgani bildirildi.

Isroil armiyasida “Ko’rshapalak” deb nom olgan “Eurocopter AS565” tipidagi barcha vertolyotlarning ta’lim parvozlari to’xtatilib, voqea bilan bog’liq tergov ishlari boshlangani qayd etildi.

Mahalliy matbuotga bayonot bergan armiya rasmiylari, voqea hujum natijasida sodir bo'lmaganini va texnik muammo borligini bildirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil

Aloqador xabarlar