Saudiya Arabistonida qor yog‘di

Tabiiy ofatlar va inqirozlarni boshqarish markazi og‘ir ob-havo sharoiti tufayli aholini ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.

1755997
Saudiya Arabistonida qor yog‘di
s.arabistan kar.jpg
s.arabistan kar1.jpg

 

1 yanvar kuni Saudiya Arabistonidagi Tabuk tog‘i qor bilan qoplandi. Bu haroratning kutilmaganda keskin pasayishidan keyin sodir bo‘ldi.

Sinoptiklarning prognozlariga ko‘ra, ayrim joylarda qor yog‘ishi davom etadi. Ko‘pgina mahalliy aholi hayotlarida birinchi marta qorni ko‘rdi. Ular ijtimoiy tarmoqlarda hayajonli videolarni baham ko‘rishmoqda. Mamlakatda 2018 yildan buyon qor yog‘magandi.

Odatda Saudiyada ko‘p kuzatilmaydigan voqeani tomosha qilish uchun ko‘plab sayyohlar tashrif buyurgan. Hatto Qatardan qorni suratga olgani borishgan. 

Hukumat vakillari qor yog‘ishi sababli yo‘llarda tekshiruvni kuchaytirib, viloyat hokimining farmoyishi bilan favqulodda vaziyat rejasi tayyorlandi.

Tabiiy ofatlar va inqirozlarni boshqarish markazi og‘ir ob-havo sharoiti tufayli aholini ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.

Saudiya Arabistonining shimolida joylashgan Tabuk mintaqasida kamdan-kam bo'lsa-da, yomg'ir va qor yog'ishi kuzatiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Saudiya Arabistoni

Aloqador xabarlar