NATO-Rossiya munosabatlaridagi siyosiy muloqot va sa'y-harakatlar qo'llab-quvvatlanmoqda

Yens Stoltenberg oʻzining rasmiy Rojdestvo va Yangi yil xabarlarida birlik va hamjihatlik xabarini berganidan soʻng xalqaro ommaviy axborot vositalarida Rossiya haqidagi fikrlarini oʻrtoqlashdi.

1752069
NATO-Rossiya munosabatlaridagi siyosiy muloqot va  sa'y-harakatlar qo'llab-quvvatlanmoqda

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, Ukraina chegarasida harbiy kuchlar kuchaygani haqidagi da'volar bilan keskinlashgan NATO-Rossiya munosabatlaridagi siyosiy muloqot sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlash xabarini berib,“Rossiya bilan siyosiy muloqotga ha, lekin asosiy tamoyillarimiz boʻyicha murosaga yoʻq”, - dedi u.

Yens Stoltenberg oʻzining rasmiy Rojdestvo va Yangi yil xabarlarida birlik va hamjihatlik xabarini berganidan soʻng xalqaro ommaviy axborot vositalarida Rossiya haqidagi fikrlarini oʻrtoqlashdi.

Stoltenberg Rossiya Ukraina chegarasida jiddiy harbiy kuch   joylashtirganini  va yil yakunini xavfsiz o‘tkazish uchun hushyor bo‘lish zarurligini bildirdi.

Stoltenbergning ta'kidlashicha, Rossiya o'tmishda tajovuzkor bo'lgan, ammo bugungi kunda hech bir NATO ittifoqchisiga to'g'ridan-to'g'ri tahdid qilmaydi, ammo uning Ukraina chegarasidagi siyosati noaniqliklarni keltirib chiqaradi.

Rossiya bilan ziddiyatni kamaytirishni xohlayotganliklarini ifoda etgan Stoltenberg, NATOning asosiy tamoyillari bo'yicha yon berish haqida gap yo'qligini ta'kidladi.

Stoltenberg, NATO-Rossiya munosabatlaridagi siyosiy muloqot sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlashini bildirdi

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Yens Stoltenberg , #NATO

Aloqador xabarlar