Isroil ikki davlatli yechimga putur yetkazuvchi amaliyotlarga qo'l urmoqda

Falastin prezidenti Mahmud Abbos Isroilning bir tomonlama amaliyotlarni to'xtatishi shart ekanini aytdi.

1751076
Isroil ikki davlatli yechimga putur yetkazuvchi amaliyotlarga qo'l urmoqda

 

Falastin prezidenti Mahmud Abbos Isroilning bir tomonlama amaliyotlarni to'xtatishi shart ekanini aytdi.

Falastinning Wafa xabar agentligining xabariga ko'ra, Abbos Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibining Yaqin Sharq bo'yicha yordamchisi Yael Lambertni Ramallahdagi Prezident qarorgohida qabul qildi.

Uchrashuvda Abbos Lambertga Falastin hududidagi so’nggi o’zgarishlar va Isroilning ikki davlat yechimiga putur yetkazuvchi bir tomonlama amaliyotlari haqida ma’lumot berdi.

Isroilning bu amaliyotlarni to'xtatishi shart ekanini ifoda etgan Abbos, xalqaro qarorlar asosida haqiqiy siyosiy jarayonni boshlash uchun ikki tomon o'rtasida imzolangan kelishuvlarning hayotga tatbiq etilishi kerakligini ta'kidladi.

Abbos, Amerika Qo'shma Shtatlari bilan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va uning oldidagi to'siqlarni bartaraf etish uchun faoliyatni davom ettirish muhimligiga e'tibor qaratdi.Uchrashuv tafsilotlari xabarda oshkor etilmagan.

Abbos bugun kechqurun Isroil va G'arbiy Sohilga tashrif buyuradigan AQSh Milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sallivan bilan uchrashishi kutilmoqda.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yael Lambertni , #AQSh , #Irsoil , #Mahmud Abbas , #Falastin

Aloqador xabarlar