Yaponiyaning Osaka shahrida yuz bergan yong‘inda 19 kishi halok bo'ldi

Yong‘in Kitashinchi hududida joylashgan Yapon Railways Osaka temiryo‘l vokzali yaqinidagi 6 qavatli binoning 4-qavatida yuzaga kelgan.

1748756
Yaponiyaning Osaka shahrida yuz bergan yong‘inda 19 kishi halok bo'ldi

 

Yaponiyaning Osaka shahrida bir klinikada yuz bergan yong‘inda 19 kishi halok bo'lgan, 27 kishi og'ir tan jarohati olgan.

Yong‘in Kitashinchi hududida joylashgan Yapon Railways Osaka temiryo‘l vokzali yaqinidagi 6 qavatli binoning 4-qavatida yuzaga kelgan.

Kyodo xabar agentligi ma'lum qilishicha, voqea joyiga 30ta o‘t o‘chirish brigadasi yetib kelgan va yong‘inni yarim soat ichida o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. 

Binoda klinika, go‘zallik saloni, ingliz tili o‘quv markazi va bir nechta ofislar bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida 27 kishi og'ir jarohatlangan. 

Politsiya yong‘in ataylab uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Osaka , #Yaponiya

Aloqador xabarlar