Indoneziyada 7,3 balli zilzila sodir bo‘ldi

Kecha, 13-dekabr kuni Indoneziyaning Flores oroli yaqinida 7,3 magnitudali dengiz osti yer silkinishi sodir bo‘ldi.

1747414
Indoneziyada 7,3 balli zilzila sodir bo‘ldi

 

Kecha, 13-dekabr kuni Indoneziyaning Flores oroli yaqinida 7,3 magnitudali dengiz osti yer silkinishi sodir bo‘ldi.

Hozirgacha zilziladan hech kim zarar ko‘rmagan. 

Qayd etilishicha, zilzila dengiz ostida 18,5 kilometr (11,5 milya) chuqurlikda bo‘lgan va mintaqa aholisi  darhol sunami xavfi bilan ogohlantirilgan. Ko'p o'tmay ogohlantirish bekor qilingan.

Tabiiy ofatlar oqibatlarini yumshatish bo‘yicha milliy agentlik vakili Abdul Muhariyning aytishicha, hudud aholisi zilziladan daxshatga tushgan va ayrimlar yashash joyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

“Biz qirg‘oqbo‘yi hududlaridagi odamlardan plyaj chiziqlaridan uzoqlashishni so‘radik, chunki u yerda 1972 yilda katta sunami bo‘lgan”, deya ta’kidlagan agentlik vakili.


Tanlangan kalimalar: #Indoneziya

Aloqador xabarlar