Hindistonda yuzaga kelgan vertolyot halokati ustidan tergov ishlari boshlatildi

Kecha yuzaga kelgan va bortida Hindiston Bosh shtab boshlig‘i general Bipin Ravat ham bo‘lgan vertolyot halokati ustidan tergov ishlari boshlatildi.

1745334
Hindistonda yuzaga kelgan vertolyot halokati ustidan tergov ishlari boshlatildi

Hindiston Bosh shtab boshlig‘i general Bipin Ravatdan tashqari yana 13 kishining umriga zomin bo‘lgan harbiy vertolyot halokati ustidan tergov ishlari boshlatildi.

Hindustan Times gazetasi xabariga ko‘ra, mavzu haqida parlamentda bayonot bergan Hindiston Mudofaa vaziri Rajnat Singx, vertolyot halokati bilan bog‘liq tergov olib borilishini bildirgan.

Singxning ta’kidlashicha, Harbiy-havo kuchlari O‘quv ishlari bo‘yicha maxsus qo‘mondoni va vertolyot uchuvchisi havo marshali Manavendra Singx tomonidan boshqariluvchi tergov guruhi kecha (Yangi Zelandiya poytaxti) Vellingtonga yetib borib, kerakli protsedurani boshlatgan.

Qayd etilishicha, vertolyot halokatga uchragunga qadar “favqulodda yordam” chaqirilmagan va hududda hech qanday noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmagan.

Hindiston Bosh shtab boshlig‘i general Bipin Ravatdan tashqari yana 13 kishining umriga zomin bo‘lgan harbiy vertolyot halokati kecha, Tamilnad shtatida yuz bergandi.

 



Aloqador xabarlar