Yaponiya dengizida transport kemasining cho‘kib ketishi natijasida 17 nafar qutqarildi

Yaponiya dengizida transport kemasining cho‘kib ketishi natijasida 17 nafar ekipaj a’zosi qutqarib olindi, bir kishi qidirilmoqda.

1741751

Panama bayrog‘i ostidagi “Houei Crystal” yuk kemasi Yaponiya g‘arbidagi Shimane provinsiyasi qirg‘oqlari yaqinida avariya signalini berdi.

Signalni qabul qilib, mintaqaga Yaponiya qirg‘oq xavfsizligi fregatlari jo‘natildi.

Qayd etilishicha, transport kemasi Okinosuma orolidan 380 kilometr shimoli-sharqda cho‘kib ketgan.

Hududga yuborilgan Janubiy Koreya Sohil Xavfsizlik xizmati kemalari qutqaruv qayig‘i bilan cho‘kishdan omon qolgan 17 ekipaj a’zosiga yetib bordi.

Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati esa bedarak yo‘qolgan shaxsni qidirishni davom ettirmoqda.

Ma’lum qilinishicha, cho‘kayotgan kema Rossiyaning Naxxodka portidan Yaponiyaning Kinuura portiga 8 ming tonna ko‘mir olib ketayotgan edi.

Qayd etilishicha, kema ekipajining barchasi vetnamliklardir.

Ma’lum qilinishicha, cho‘kayotgan kema Rossiyaning Naxxodka portidan Yaponiyaning Kinuura portiga 8 ming tonna ko‘mir olib ketayotgan edi.

Qayd etilishicha, kema ekipajining barchasi vetnamliklardir.

Tanlangan kalimalar: #Cho'kib ketdi , #Kema , #Yaponiya

Aloqador xabarlar