Efiopiyadagi to’qnashuvlar tufayli Turk elchixonasi mamlakatdagi fuqarolariga ketishni tavsiya qildi

Efiopiyadagi  to’qnashuvlarning  ortidan Turkiyaning Addis-Abebadagi elchixonasi bu mamlakatdagi turk fuqarolariga ketishni tavsiya qildi.

1737363

Bu haqda elchixonaning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berilgan

"Efiopiyaning xavfsizlik bilan bog'liq vaziyatdagi tez o'zgarishlarga qaramasdan, mamlakatimizdagi fuqarolarimizga Efiopiyani rejali reyslar bilan tark etishlari tavsiya etiladi."  Deya qayd etilgan.

Efiopiya hukumati 2-noyabr kuni isyonchi Tigray xalq ozodlik fronti (TPLF)ning janubga yurishini davom ettirgan hujumlari tufayli favqulodda holat e'lon qildi.

TPLFning poytaxt Addis-Abebaga uyushtirishi mumkin bo'lgan hujumlariga qarshi mudofaa  birlik  kuchlari tuzildi.

Mamlakat shimolidagi bir yildan ortiq davom etgan mojarolar 2,5 millionga yaqin odamni uy-joyini tark etgan, mintaqadagi 5 milliondan ortiq odam shoshilinch yordamga muhtoj.

Tanlangan kalimalar: #Fuqora , #To'qnshuv , #Efiopiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar